Imtihonning 1-bosqichi yakunlanib unda jami 10 mingga yaqin ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi (shundan 36 foizi yoshlar).

Test natijalariga ko‘ra, savollarni eng ko‘p va eng tez bajargan hamda 1 ta ijodiy savolga javob bergan 50 nafar ishtirokchi elektron tizim orqali aniqlandi.

Imtihon shartiga ko‘ra, ushbu ishtirokchilarning ijodiy savolga javoblari baholanib, shundan 10 nafari final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Final bosqichi qizg‘in savol-javob, suhbat shaklida o‘tkazilib barcha ishtirokchilar o‘zlarining tirishqoq, faol va bilimdon ekanliklarini namoyon qildi hamda natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin – Rustamova Shahnoza;

2-o‘rin – Xudayberdiyeva Shohista;

3-o‘rin – Narzullayeva Mulkijahona.

G‘oliblarga tanlov sovrinlari topshirildi hamda Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda gala-konsert tashkil qilinib tadbir bayramga ulanib ketdi.

Imtihonda Toshkent shahri Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi 66 yoshli Atayeva Yaxshigul eng yoshi katta faol ishtirokchi bo‘ldi.

Imtihonda eng ko‘p ishtirokchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatidan qatnashgan bo‘lsa, eng yaxshi o‘rtacha natijani Toshkent shahar va Navoiy viloyati qayd etdi (10 ball).

Respublika bo‘yicha barcha ishtirokchilarning 20 ta testdan o‘rtacha to‘g‘ri javob berish ko‘rsatkichi 8 tani tashkil etdi (ma'lumot uchun: Umummiliy Konstitusiya imtihonida o‘rtacha ko‘rsatkich 11 tani tashkil etgan).

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi