AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti Axborot xizmati rahbari Manija Bahriyevaning maʼlum qilishicha, tadqiqot 2023-yilning fevral-aprel oylarida “Xotin-qizlarning hayotiy maqsadlari, qadriyatlari va yoʻnalishlari” mavzusida oʻtkazildi.

Xotin-qizlar oʻzlari uchun ayol baxtining asosini oilalarning tinchligi, farovonligi, mustahkamligi, farzandlarning borligi, oiladagi samimiy munosabatlarda va yaqin insonlarning oʻzaro gʻamxoʻrligida, deb hisoblashadi. Qishloq hududlarida yashovchi aksariyat xotin-qizlar oʻzlarini, eng avvalo, ona (40,9 foiz) va rafiqa (27,3 foiz) sifatida baholaydi.

Soʻrovnomada ishtirok etgan xotin-qizlarning 68,3 foizi inson salomatligining qadrini ustun qoʻyishsada amalda  16 foizi respondent uni birinchi oʻringa qoʻymasligi aniqlandi.