Ushbu tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G'.Mirzayev, viloyat va tuman-shaharlarning sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

Tantanali ochilishdan so'ng mehmonlar "Motamsaro ona" haykali poyiga gul qo'yishdi. O'tganlar xotirasi yod etildi. Undan so'ng maydon hududida joylashgan O'lkashunoslik muzeyi tantanali ravishda ochildi.

2700 yillik tarixga ega bo'lgan 200 dan ortiq tarixiy ashyolar hamda ekspanatlarni o'zida jamlagan bugungi kunda yangi ekspanatlar bilan boyitish ishlari olib borilayotgan Xovos O'lkashnoslik muzeyi mahalliy aholi, ichki va horijiy sayyohlarga xizmat ko'rsatadi.