Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, shuningdek quyidagi asoslarga koʻra ham yuzaga keladi:
- shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda;
- mol-mulkni yoki mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi boʻyicha hisoblangan dividendlarni xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yoʻli bilan ulushni olishda;
- sud qarorlari asosida.
Qonunga koʻra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:
- Oʻzbekiston hududi doirasidagi yer, yer osti boyliklari, suv omborlari, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;
- moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bogʻlari;
Davlat mulkini boshqarish subyektlari quyidagilardan iborat:
- Vazirlar Mahkamasi;
- Agentlik;
- maxsus vakolatli davlat organlari;
- davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari;
- mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Davlat mulki reyestrini yuritish Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va shaklda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Agentlik har yili 1-avgustgacha davlat ishtirokidagi korxonalarning oʻtgan moliya yilidagi faoliyati samaradorligi toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotni oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.