Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasi muhokama qilindi.

“Shuningdek uchrashuvda iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar oʻrtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorligimizni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdik. Janob elchiga mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida omad tilaymiz“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.