Bunda davlat fuqarolik xizmatchilari bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunasi loyihasi ham e’lon qilindi.

Mehnat shartnomasi loyihasining 5-bobi "Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lash
va xizmatiga nisbatan qo‘shimcha rag‘batlantirish" deb nomlanib, uning 22-bandida Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha quyidagilar belgilangan:
 bazaviy lavozim maoshi;
ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov;
malaka darajasi uchun qo‘shimcha to‘lov;
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishganlik uchun qo‘shimcha ustama;
hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirish to‘lovlari.

Loyihaga joriy yilning 25-sentyabriga qadar takliflar berish mumkin.