Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir kechga tomon boshlanadi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Shanba kunduzi respublika boʻyicha barqaror ob-havo saqlanib turadi, baʼzi joylarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi, ammo uning jadalligi nisbatan kamayadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ushbu kunlarda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi.

Shanba kunduzi havo harorati +5…+8 daraja, shanba va yakshanba kunlari 0…+5 daraja atrofida boʻladi. Harorat kechalari +2 darajadan –3 darajagacha pasayadi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 16-yanvarda ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. 16-yanvarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor.

Toshkent shahrida shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Harorat +6…+8 daraja boʻladi. Shanba kuni kechasi va ertalab yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +1…+3 daraja boʻladi.

Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi –1…+1 daraja kunduzi +3…+5 daraja boʻladi.