Yana 250 yurtdoshimiz ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan rossiyalik ish beruvchilar va masʼul tashkilotlar bilan kelishgan holda koʻplab fuqarolarimiz Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.

    Rossiya Federatsiyasining koʻplab ish beruvchi korxonalari vakillari mamlakatimizning turli hududlarida boʻlib, fuqarolar bilan suhbat oʻtkazmoqda.

    Suhbatlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolardan Rossiya Federatsiyasining “PIK Industriya” aksiyadorlik jamiyatida ishlash uchun 52 nafari, “PSP” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ishlashga 198 nafari Toshkent xalqaro aeroporti orqali uchib ketdi.

    Rossiyada ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizga aeroportda tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.

    Yurtdoshlarimiz belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli obyektlarda ish boshlaydi.