Rossiya Federatsiyasining turli mintaqalaridan Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan mamlakatimiz fuqarolarini yurtimizga olib kelish ishlari davom etyapti.
Ayni damda repatriatsion charter reyslarining soni bir necha marotabaga koʻpaytirilib, Rossiyaning turli hududlariga muntazam ravishda maxsus temir yoʻl qatnovlari ham tashkil etilgan.
Shu bilan birga, joriy yil 23-sentyabrda 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiya Federatsiyasining Qozogʻiston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida toʻplanib qolgan fuqarolarimizni Vatanga olib kelish maqsadida Rossiyaga joʻnatilgan edi. Rejaga muvofiq bugun ushbu avtobuslarda 750 nafar fuqarolarimizni Oʻzbekistonga olib kelindi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.