Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining ustoz sanʼatkori, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori Muhammadali Abduduqunduzov tavalludining 70 yilligi hamda ijodiy faoliyatining 50 yilligi munosabati bilan “Oʻshal Boburmen, men...” deb nomlangan ijodiy kecha boʻlib oʻtdi.
Madaniyat vazirining buyrugʻi bilan ustoz sanʼatkor “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Mukofotni madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari B.Axmedov topshirdi.
Tadbirda qatnashgan el ardogʻidagi sanʼatkorlar, poytaxt teatrlari vakillari Muhammadali Abduduqunduzovning koʻp yillik ijodiy faoliyatini eʼtirof etishdi.
Ijodiy kechada Oʻzbekiston davlat drama teatri jamoasi ham oʻzining sahna koʻrinishi bilan qatnashdi hamda esdalik sovgʻalarini taqdim etdi.