баннер
22 Mar 2025
02:45

    “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvoni taʼsis etildi

    Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog“ faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Qonun (OʻRQ-1048-son, 19.03.2025-y.) qabul qilindi.

    Qonunga koʻra, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvoni mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.

    Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirishda va koʻkalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus koʻrsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlarga va sohaning boshqa vakillariga, shuningdek, mazkur yoʻnalishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotgan ekofaollarga beriladi.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech