Prezidentning tegishli qarorga koʻra, 2025-yil 1-dekabrdan Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi maʼlumotlari bazalarining jamoatchilik uchun ochiqligini taʼminlaydi hamda ularda quyidagi maʼlumotlarni joylashtirib boradi.

Jumladan:

  • har yili “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxt va koʻchatlar haqida;
  • daraxt va butalarni kesish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida taqdim etilgan arizalar haqida;
  • suv havzalarida noruda materiallarni qazib olish boʻyicha joriy qilingan moratoriy tartibini buzgan shaxslar haqida.

2025-yildan har yili quyidagilar amalga oshirib boriladi:

  • “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt – yangi nafas” respublika ekochempionati;
  • har oyda 1 marotaba “Mahallani chiqindidan holi hududga aylantiramiz” shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlari.