Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilingandi.  Qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari echimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo'lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida:

2020/2021 o'quv yilidan boshlab, O'zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Urganch davlat universitetida "Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo'yicha)" ta'lim yo'nalishi bo'yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi.

Mazkur yo'nalish bitiruvchilariga "muhandis-matematik" va "matematika-mexanika o'qituvchisi" qo'sh (dual) kvalifikatsiyalari beriladi.