"Yangi Oʻzbekiston - yangi kasaba uyushmalari" shiori ostida bayram tashkil etildi

    11-noyabr - “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

    Qarshi shahrida "Yangi Oʻzbekiston - yangi kasaba uyushmalari" shiori ostida bayramona tadbir oʻtkazildi.

    Tadbir davomida "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan "Eng yaxshi sektor rahbari" (Kasbi tumani hokimi), "Eng yaxshi hokim yordamchisi" (Chiroqchi tumani), "Eng yaxshi xotin-qizlar faoli" (Mirishkor tumani), "Eng yaxshi yoshlar yetakchisi" (Kasbi tumani) va "Eng yaxshi mahalla raisi" (Nishon tumani) kabi bir qator nominatsiyalar boʻyicha taqdirlash marosimlari ham oʻtkazildi.

    Shuningdek, kasaba uyushma faollari va mehnat faxriylari ragʻbatlantirildi. Viloyatimizning xushovoz sanʼatkorlari tomonidan aytilgan kuy-qoʻshiqlar barchaga birdek koʻtarinkilik bagʻishladi.