Yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, shu yilning 4-mart kuni soat 09:00 dan 4-aprel kuniga qadar, Choʻlpon koʻchasidan Yangi Oʻzbekiston shoh koʻchasiga olib chiquvchi yoʻl qisman yopildi.

Transport vositalari harakati va Choʻlpon koʻchasiga kirish “Jarboshi” arkasining yangi qurilgan yoʻli orqali amalga oshiriladi.

“Noqulaylik uchun uzr soʻraymiz”, — deyiladi Yashnobod tumani hokimligi xabarida.