Yangi O‘zbekiston yoshlari: yangi imkoniyat va yuksak marralar

    Hujjatlar 26 Fevral 2024 7518

    Bugun ta’lim islohoti davlat dastur va taraqqiyot strategiyasi bilan qat’iy amalga oshirilayotgan, mamlakat va millat kelajagini faqat ta’limni rivojlantirishga bog‘liq ekanligi kundek ravshan.

    Bugun yangicha tafakkur va maqsad yo‘lida davlat va jamiyat oldida bir qator vazifalar belgilandi. Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 22-fevral kuni “O‘zbekiston-2030” strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ham yoshlarga jahon andozalari asosida rivojlangan kasblarga yo‘naltirishga alohida ahamiyat qaratilgan. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ustuvor masala ta’limni uzviyligi va izchilligini ta’minlashda har bir regional hudud imkoniyat va infratuzilmasini o‘rganishga qaratilgan. Bunda Oliy ta’lim qamrovi va hududning professional-kasbiy ehtiyojlarini inobatga olish muhim o‘rin tutadi. Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda institutda bakalavr ta’lim shaklining 18 ta yo‘nalishida 2139 nafar, sirtqi ta’lim shaklining 9 ta yo‘nalishida 1699 nafar va magistratura bosqichining 10 ta ta’lim yo‘nalishida 62 nafar talabalar taxsil olib kelmoqda. Yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan institutimizning iqtidorli yoshlari barcha sohalarda o‘tkazilayotgan islohatlarning ishtirokchisi sifatida ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqdalar. Jumladan: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyasiga Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim 2-bosqich 20e-22-guruh talabasi Tolibjonova Malikaxon Zafarjon qizi Islom Karimov nomli davlat stpendiyasiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasida bo‘lib o‘tgan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadasida Matematika va informatika yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Bo‘ronboyev Kattabek Ikrom o‘g‘li faxrli 3-o‘rinni, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 2-bosqich 26-22-guruh talabasi Ismatullayeva Shaxrizoda Shuhrat qizi Tasviriy san’at yo‘nalishida xalqaro miqyosidagi Art Palitra, Снежная Карусель, Super Star, Level Up, Art Nova va Парад Талантов России xalqaro tanlovlarida ishtirok etib xalqaro miqyosida faxrli 1,2 va 3-o‘rinlarni egallab kelmoqda.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasida bolib otgan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadasida Matematika va informatika yonalishi 2-bosqich talabasi Boronboyev Kattabek Ikrom ogli

    26-22-guruh talabasi Ismatullayeva Shaxrizoda Shuhrat qizi Tasviriy sanat yonalishida xalqaro miqyosidagi Art Palitra, Снежная Карусель, Super Star, Level Up, Art Nova va Парад Талантов России xalqaro tanlovlarida ishtirok etib xalqaro miqyosida faxrli 1,2 va 3-orinlarni egallab kelmoqda.

    Jismoniy madaniyat yonalishi 2-bosqich 30-22-guruh talabasi Mansurov Zuhur Shuhratjon ogli sportning karate turi boyicha Ozbekiston chempionatida faxrli 2 va 3 orinlarni, xalqaro musobaqalarda faxrli 1 va 2-orinlarni egallab kelmoqda.

    2030-yilda Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish. “Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish vazifasi ham strategiyada OTM oldida turgan asosiy vazifa sifatida qo‘yilgan. Guliston davlat pedagogika institutiga bir qator ustuvor vazifalar yuklatilgan. Jumladan, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini 2023-2026 yillar kesimida bir necha baravarga oshirish, institutimizning asosiy ustuvor vazifalaridan biridir. Institut tomonidan xalqaro munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan e’tiborga molik yutuqlar va tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berishdan mamnunman. 2023-yil davomida institut o‘zining global mavqeyini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun turli
    sa’y-harakatlarni faol ravishda amalga oshirdi. Dunyoning yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi. Rossiya (Syktykvar), Vengriya (Debretsen), Bolgariya (Sofiya), Turkiya (Balikesir), Belgiya (Ta’lim kengashi) va Xitoy (Pekin Texnologiya universitetining Gengdan instituti) kabi davlatlarning yetakchi institutlari va ta’lim markazlari bilan madaniy almashinuv dasturlari, qoʻshma dasturlar qabul qilingan.

    Uchinchi ming yillik Renessansiga bugun, yangicha tafakkur va dunyoqarashga ega Vatanparvar yoshlar kerakligi Sh. M. Mirziyoyevning “Jamiyat hayotining tanasi iqtisod bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”-degan g‘oyasi asosida amalga oshirilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib, “Pedagog”ning maqomi to‘g‘risida qonunning qabul qilinishi ham bugun jamiyatimizda tom ma’noda ta’lim islohatini yangi bosqichga ko‘tarilganligini ko‘rsatadi. Mazkur qonunda pedagog, murabbiylik maqomi, ularning huquqlari, majburiyatlar, faoliyatlariga doir va pedagoglarning ijtimoiy himoyasi kabi masalalari kafolatlangan. Pedagoglar tayyorlaydigan oliy ta’lim mussasalari ham yangi davrga mos, taraqqiyotga xizmat qiladigan, raqabotbardosh kadrlar tayyorlashda yangicha yondashuv asosida o‘zlarinig istiqbol rejalarini belgilashini taqazo etadi. Pedagoglarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogika ta’lim yo‘nalishi hamda mutaxassisligi bo‘yicha o‘quvchi va talabalarni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasini shakllantirishda oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat grantlari asosidagi maqsadli qabul ko‘rsatkichlari ajratilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Strategiyada 2030-yilgacha yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda institut moddiy texnik bazasi, o‘quv–labaratoriya xonalari va professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Institutimizda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati hozirgi kunda 25 foizni tashkil etayotgan bo‘lsa, 2026-yilga borib ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilarning ulushini 30 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Bu yo‘nalishda institutimizda 10 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot faoliyatni olib borayotgan bo‘lsalar, tayanch doktarantura bosqichi uchun 2024-2025-o‘quv yilidan kvota ajratish rejalashtirilgan. Talabalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun istitutimizda Axborot resurs markazida ilmiy va badiiy adabiyotlar, elektron adabiyotlar katalogi va imkoniyati cheklangan talabalar uchun brayl alifbosidagi adabiyotlar hamda kompyuter jamlanmalari shakllantirilgan. Talabalar yagona interaktiv tizim orqali ma’lumotlar bazasidan kerakli manbalarni olishlari mumkin. Institut sig‘imini kengaytirish va zamonaviy jihozlangan virtual laboratoriya xonalarini ehtiyojini qoplash maqsadida 2024-2026-yillarga topshirishi mo‘ljallangan 1000 o'rinli o'quv binosini loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida yoshlarni OTMga qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi.

    Muxtasar qilib aytganda, bugun Yangi O‘zbekiston yoshlariga berilayotgan ulkan imkoniyatlar ularning kelajagi uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Yosh avlodga ta’lim berish masalasi yanada takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon bo‘lmoqda. Islohotlarda har bir fuqaro, millat farzandi sifatida jamiyatni yangi davr imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda taraqqiyotni kafolatlaydigan kadrlar tayyorlash masalasiga daxldorlik ruhida yondashilsa, shubhasiz “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlar o‘z mevasini berishi muqarrar.

    Jaxongir Karshibayev,

    Guliston davlat pedagogika instituti rektori,

    biologiya fanlari doktori, dotsent.