2022-yil “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da yosh kinoijodkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi” DUK 35 yoshgacha boʻlgan yosh kinoijodkorlarni ruhlantirish maqsadida, “Yangi Oʻzbekistonda inson qadrini ulugʻlash!” shiori ostida 10 ta toʻliq metrajli badiiy filmlar uchun ssenariylar tanlovini eʼlon qiladi.
Ssenariylar avtobiografik, drama, melodrama, komediya, sarguzasht, triller, mistika, bolalar kinosi, sport janrlariga xos boʻlib, ularda yangi Oʻzbekistonda yuz berayotgan oʻzgarishlar, istiqbolli gʻoyalar va yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda oʻzini oʻzi boshqarish organi-mahallaning roli, tadbirkor va ishbilarmonlarning jamiyatdagi oʻrni, mashaqqatli mehnati, yosh shifokorlarning koronavirusga qarshi kurashi bilan bir vaqtda oilaviy hayot, bolalarning begʻubor olami, ishq-muhabbat, favqulodda hodisalar va albatta yumorga boy kulguli voqealar aks etgan boʻlishi kerak.









