Yangi tartib boʻyicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni oshirildi

    Ijtimoiy hayot 6 Avgust 2021 1360

    Prezident farmoni (PF–6274-son, 05.08.2021-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari asosida uy-joylarning qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilanadi va har olti oyda qayta koʻrib chiqiladi.

    Ilgari Moliya vazirligi tomonidan belgilangan.

    2021-yilda yangi tartib boʻyicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni 2006 taga koʻpaytirilib, 35 120 ta etib belgilandi.

    Shuningdek, ipoteka kreditlari boʻyicha ajratiladigan subsidiya miqdori 960,4 mlrd. soʻmdan 1 trln 97 mlrd soʻmga oshirildi.

    Qishloq joylaridagi uy-joylarga boshlangʻich badal uchun subsidiyaning eng koʻp miqdori 28 mln soʻmdan 31 mln 500 ming soʻmga koʻpaytirildi.