Bu haqda metropoliten matbuot xizmati maʼlum qildi.
Shuningdek, Yangi yil munosabati bilan belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat oraligʻi quyidagi tartibda tashkil etiladi:
2025-yil 31-dekabr hamda 2026-yil 2-yanvar kunlari — metro poyezdlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi;
2026-yil 1-yanvar kuni — poyezdlar yakshanba kuni uchun belgilangan jadval boʻyicha qatnaydi.
Shuningdek, 5-yanvar — dushanba kuni barcha uchun ish kuni hisoblanib, ushbu sanada metro harakati odatiy ish kunlari jadvali asosida tashkil etiladi.
“Toshkent metropoliteni” DUK yoʻlovchilardan belgilangan jadval va harakat vaqtlariga amal qilgan holda xizmatlardan unumli foydalanishlarini soʻradi.