Bugunning oʻzida ilk avtomobillar avvalroq tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz egalariga yetkaziladi.
Tracker – oʻziga xoslik va qulaylikni sevuvchilar uchun yaratilgan. Ushbu sport krossoveri oʻzining zamonaviy tashqi koʻrinishi hamda ichki salon interyeri bilan, GM Ecotec ning sakkizinchi avlod dvigateli, shuningdek, intellektual funksiyalar bilan ulanish va xavfsizligi bilan ajralib turadi.
Tracker “Chevrolet” brendiga mos ravishda oʻzining yuqori darajaliligi bilan raqobatchilaridan ajralib turadi. L shaklidagi LED yoritkichli kunduzgi chiroqlar zamonaviylik va xavfsizlikni yana-da oshiradi. Panoramali lyuk Tracker salonida kenglik va erkinlik tuygʻusini yaratadi.
Yangilangan Chevrolet Tracker interyeri zamonaviy koʻrinish va betakror uslubga ega. Yangi uslubdagi qulay oʻrindiqlari uzoq safarlarda ham charchoq hissini bildirmaydi.
Chevrolet Tracker 2021 ning LT va Redline komplektatsiyalari quyidagi qoʻshimcha opsiyalarga ega boʻldi:
• LED orqa gabarit chiroqlar;
• Charmdan rul qoplami;
• Elektr mexanizmga ega haydovchi oʻrindigʻi ;
• Haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (Klimat kontrol)
• Eko-charmdan oʻrindiqlar qoplamalari;
Chevrolet Tracker (2021-yil modeli)
- LT komplektatsiya: 232 000 000 soʻm
- Redline komplektatsiya: 240 000 000 soʻm
Yangilangan Chevrolet Tracker 2021 avtomobil modeli uchun shartnomani CHEVROLET ning rasmiy dilerlarida tuzishingiz mumkin, deb xabar beradi “Uzauto Motors” AJ matbuot xizmati.