Maʼlumotlarga koʻra, mazkur guruhni tashkil qilgan 4 nafar shaxslar Suriyadagi terroristik tashkilot aʼzolari safiga borib qoʻshilgan xolda jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
Ular oʻz navbatida Yangiyoʻl shahar va tumanida yashovchi yaqin tanishlarini ham shu yoʻlga daʼvat qilgan holda, Suriya davlatidagi “Tavxid va Jihod” katibasi Xalqaro Terroristik tashkiloti safiga borib qoʻshilishni rejalashtirishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Shu oʻrinda hurmatli fuqarolarni yuqorida qayd etilgani kabi terroristik tashkilot aʼzolarining chaqiruvlariga aldanib, jinoyat koʻchasiga kirib qolmaslikka chaqiramiz.
IIBB Axborot xizmati