Shu maqsadda, tuman masʼullari umumiy qiymati 25 mln. AQSH dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali, 2 ta bosqichdan iborat tekstil-toʻqimachilik yoʻnalishida yangi loyihani amalga oshirish yuzasidan Turkiya davlatining “Medex textile” korxonasi rahbari Yavuz Orxan bilan uchrashdi.
Dastlab, trikotaj mato ishlab chiqarish va boʻyash ishlarini amalga oshirish loyihasini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi. 2-bosqichda tayyor kiyim-kechaklar ishlab chiqarish borasidagi investorlarning takliflari muhokama qilindi.
— Mazkur loyihalar doirasida 500 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda yiligi 20-30 mln.dollar miqdorida eksportni amalga oshirish nazarda tutilgan deydi, turklar.
Aytish mumkin, joriy yilning 6 oyi mobaynida tumanda umumiy qiymati 48,3 mln. dollari miqdorida 36 ta loyihalar ishga tushirilib, 1782 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etilgan.
Ushbu loyihalarning asosiy qismi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan.