Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 71,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan 7,9 ming tonna mis va mis mahsulotlarini eksport qilgan.

Mis va mis mahsulotlari eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 891 tonnaga kamaygan.

2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston eng koʻp mis va mis mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

Turkiya – 4,1 ming tonna;

Xitoy – 2,9 ming tonna;

Rossiya – 441 tonna;

Qozogʻiston – 136,1 tonna;

Ozarbayjon – 120 tonna;

Gruziya – 104,9 tonna.