2020-yil 19-dekabrda Nagoyada Toshkent kunlari nishonlanadi. Shu munosabat bilan Nagoya shahar meriyasi tomonidan jamoat transporti boʻlgan — avtobus, Oʻzbekistoning turizm salohiyatini targʻib etuvchi dizaynda tayyorlandi.

Chet elda vatanimiz tasvirlari tushgan avtobus koʻzni quvontiradi va bizni xursand qiladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xabarda shuningdek, Nagoyadagi vatandoshlarimizdan Oʻzbekiston avtobusi foto va videolarini joʻnatishini soʻrab qoladi.