Unda qayd etilganidek, “Cotton Campaign” xalqaro kaolitsiyasi tomonidan joriy yil mart oyida eʼlon qilingan hisobotda 2021-yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida Oʻzbekiston hukumati tomonidan majburiy mehnat qoʻllanishiga qarshi amalga oshirilgan tizimli ishlar eʼtirof etilgani holda oʻzbek paxtasiga qoʻyilgan boykot tugatilgani maʼlum qilindi. “Boykotga jahonning eng yirik 331 ta brendi va chakana savdo tarmoqlari, jumladan, «GAP”, “NIKE”, “Adidas” va “H&M” singari yirik kompaniyalari qoʻshilgan edi».

“Yuqori sifatli oʻzbek paxtasi yirik ishlab chiqaruvchilar orasida yetakchi oʻrinni egallaydi va bozorda koʻplab xaridorlarni topishi mumkin”, - deb yozadi “Nikkei Shimbun”.