Yaponiya mudofaa vazirligi tomonidan Afgʻonistondan Yaponiya fuqarolari, jumladan JICA - Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti volontyorlari va ushbu tashkilotda faoliyat yuritgan afgʻonlardan iborat jami 500 nafar shaxs evakuatsiya qilinishi rejalashtirgan edi.
Ammo harbiylar evakuatsiyada kutilgan natijaga erisha olmadi: yirik harbiy samolyotda faqatgina 15 nafar shaxs (1 nafar yapon va 14 nafar afgʻon) evakuatsiya qilingan, xolos.
Bunday tezkor qaror qabul qilishga Qobul aeroportida roʻy bergan terakt sabab boʻlganligi aytilmoqda.
Taʼkidlash joiz, ushbu “omadsiz” evakuatsiya Yaponiya tarixida chet el fuqarolariga yordam uchun yuborilgan harbiy operatsiyaning birinchisidir.
Sababi Ikkinchi Jahon urushidan keyingi magʻlubiyat tufayli yangi Konstitutsiyada mamlakat mudofaa tizimining har qanday urush va xalqaro harbiy nizolarda ishtirok etishi (gumanitar yordam bundan mustasno) taʼqiqlangan.