Unga koʻra:

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish loyihasi” doirasida kunchiqar mamlakatning yetakchi universitetlari magistraturasida Oʻzbekiston vakillarining oʻqishi tashkil etiladi.

2019-yil 28-avgustda Oʻzbekiston Hukumati va JICA oʻrtasida Ayirboshlash notasi va Grant bitimi imzolangan edi. Unda mamlakatimiz vakillarining 2020-2021-yillarda Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasi va doktoranturasida oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumatining begʻaraz yordam dasturi boʻyicha kunchiqar mamlakat Hukumati tomonidan 263 million yeni (2,48 million AQSH dollari ekvivalentida) miqdorida grant taqdim etilishi;

JICA tomonidan belgilanadigan tashkilotning stipendiantini tanlash, unga oʻqish jarayonida hamrohlik qilish hamda uch tomonlama bitim bajarilishining monitoringi bilan bogʻliq xizmatlari uchun harajatlarni grant hisobidan qoplash; 

davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida mehnat qilayotganlar orasidan Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasida oʻqish uchun 18 nafar va doktoranturasida oʻqish uchun 1 nafar talabgorni tanlash shartlari kabilar belgilangan edi.

Maʼlumot oʻrnida:

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari ishtirokida Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi va JICA bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra, yiliga 17 nafardan, oʻtgan ikki yilda jami 34 nafar yurtimiz vakillari oʻqishga yuborilgan.