Noyob qo'shimchalar mavjudligi sababli uning narxi 873,4 ming yapon iyenasidan oshdi.

Eng qimmat ingrediyent Italiyaning Alba shahrida yetishtirilgan noyob oq tryufel bo'ldi. Bunday noyob mahsulotning bir kilogrammi narxi – ikki million yapon iyenasi. Qandolotchilar muzqaymoqqa Parmidjano Redjano pishlog'i va sake ham qo'shishdi.

Cellato muzqaymoq kompaniyasi mazkur shirinlikka Byakuya deb nom berdi. Ular uning retsepti ustida 1,5 yildan ko'proq vaqt davomida ishlashdi, orada kamchiliklar ham bo'lib turdi hamda yangi sinovlarni o'tkazishdi. Qandolotchilarning muzqaymog'i narxining yuqoriligi bo'yicha Ginnesning rekordini o'rnatdi, deb xabar beradi mir24.tv.