200 mingdan ortiq uy elektr ta'minotisiz qoldi – bu mintaqadagi barcha turar-joy binolarining uchdan bir qismi degani.
To'fon o'chog'ida shamol tezligi soniyasiga 70 metrga yetyapti. Mintaqada 400 dan ortiq reys bekor qilindi – o'n minglab odamlar aeroportlarda qolib ketishdi. Chekka orollar orasida paromlar harakatlanmayapti. Naxa shahridagi monorels yo'li ham yopilgan. Okinavaga “Kanun” to'foni yopirilganida avtobuslar harakati to'xtatildi. Ob-havo bashoratiga ko'ra, prefekturada hafta oxirigacha 200 millimetrgacha yomg'ir yog'adi, deb xabar beradi mir24.tv.