Shu sababli Nagoya shahar zalida O'zbekiston sayyohlik salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan jamoat transporti-avtobus loyihasi tayyorlandi, deb xabar beradi O'zbekiston Respublikasi sayyohlik davlat qo'mitasi matbuot xizmati.
2019 yilning oxirida Nagoya shahri meri Takashi Kashamura boshchiligidagi Yаponiyadan delegatsiya Toshkentga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Toshkent shahar turizmni rivojlantirish boshqarmasi bilan Nagoyada turizm va madaniyatni yuksaltirish boshqarmasi o'rtasida hamkorliklar tashkil etish bo'yicha bitim imzolandi. Hujjat shaharlar o'rtasidagi uzoq muddatli va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, sayyohlik loyihalarini birgalikda amalga oshirishga xizmat qiladi.