Maʼlumot uchun: ASCI – Nagoya universiteti tomonidan 2014-yilda ishlab chiqilgan, Osiyo mintaqasida ilmiy salohiyatli va istiqbolli rahbar kadrlarni rivojlantirishga qaratilgan nufuzli dastur hisoblanadi. Ushbu dastur Oʻzbekistonda 2015-yildan boshlab amalga oshirilayotgan boʻlib, yosh va istiqbolli mutaxassislar uchun doktoranturada oʻqish imkonini beradi.
Suhbat davomida davlat xizmatchilari uchun taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, kadrlar salohiyatini oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Nagoya universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan nufuzli ASCI doktorlik dasturi haqida maʼlumot berildi.
Ushbu dastur davlat xizmatchilariga ish faoliyatini toʻxtatmagan holda, masofaviy tarzda 3-yil davomida tahsil olish va ilmiy izlanishlar olib borish imkonini yaratadi. Safar va tadqiqot xarajatlarining barchasi universitet tomonidan qoplanadi.
Uchrashuv yakunida 2026–2027 oʻquv yili uchun dasturda ishtirok etadigan nomzodlar roʻyxatini shakllantirish hamda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi.