Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi mazkur innovatsion texnopark xodimlari va rezidentlari ko'rgazmada o'zlarining 23 ta innovatsion loyihalari bilan qatnashmoqda.

"ECOSUV" MCHJning “Tuproq ostidan tomchilatib sug'orish tizimi”, "SILA SVETA" Korxonasining "Energiyani tejaydigan Led lampalar ishlab chiqarish" hamda  "RHODIUM POLIMER" MCHJning "Ko'pikli polipropilen ishlab chiqarish (ERR)" innovatsion loyihalari  kuzatuvchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

  — Hozirgi paytda atmosferaning global isishi natijasida suv taqchilligi vujudga kelmoqda. Demak, resurslaridan samarali foydalanish,  suvtejamkor texnologiyalarni joriy etish dolzarb masala.  "Tuproq ostidan tomchilab sug'orish tizimi” orqali suv va mineral o'g'itlar hajmi 70 foizgacha tejaladi. Loyiha doirasida hamkorlar bilan shartnoma imzoladik, — deydi loyiha rahbari Ikromjon Hasanov.

 "Yashnobod" innovatsion texnoparki rezidentlarining xorijiy hamkorlar bilan olib borgan muzokaralari natijasida,  5 million 300 ming AQSH dollari qiymatidagi eksport va 468,2 ming AQSH dollarlik import shartnomalari imzolandi.