YIDXPda ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati yana yoqiladi

    Raqamlashtirish 29 Aprel 2023 1848

    Subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 4 oy ichida amal qiladi, bu muddat tugaganidan soʻng qayta ariza berilishi mumkin.

    Joriy yilning 1-mayidan YIDXP (my.gov.uz)da yana “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati yoqiladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-51-son Farmoniga muvofiq, 2023-yil uchun yangi tartibda ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

    Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi:

    Subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 4 oy ichida amal qiladi, bu muddat tugaganidan soʻng qayta ariza berilishi mumkin;

    Subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi, rad etilgan arizalarga 1-dekabrga qadar qayta ariza yuborish mumkin.