Joriy yilning 1-mayidan YIDXP (my.gov.uz)da yana “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati  yoqiladi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-51-son Farmoniga muvofiq, 2023-yil uchun yangi tartibda ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi. 

Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi: 

Subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 4 oy ichida amal qiladi, bu muddat tugaganidan soʻng qayta ariza berilishi mumkin; 

Subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi, rad etilgan arizalarga 1-dekabrga qadar qayta ariza yuborish mumkin.