Yigʻilishda viloyatda yechimini kutayotgan bir qator ijtimoiy muammolar aytib oʻtildi

    Hukumat 17 Noyabr 2023 1226

    Viloyatdagi 724 ta mahallaga 1 ming 390 ta tibbiy brigadalar biriktirilgan. Lekin ular kasallikning sababi bilan emas, koʻproq oqibati bilan shugʻullanayotgani koʻrsatib oʻtildi.

    Yigʻilishda viloyatda yechimini kutayotgan ijtimoiy muammolar ham yetarli ekani taʼkidlandi.

    Ish oʻrni yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, investitsiya olib kelib, tadbirkorlikni rivojlantirish siyosati barcha tumanlarga ham hali kirib kelmagani taʼkidlandi. Bunda hokimlarning birinchi oʻrinbosarlari va hokim yordamchilarining ishi sustligi koʻrsatib oʻtildi.

    Viloyatdagi 724 ta mahallaga 1 ming 390 ta tibbiy brigadalar biriktirilgan. Lekin ular kasallikning sababi bilan emas, koʻproq oqibati bilan shugʻullanayotgani koʻrsatib oʻtildi.

    Har bir mahallada fitobarlar, dorixonalarda fitoburchaklar tashkil qilish, xalq tabobati boʻyicha qisqa kurslar oʻtkazish, uy sharoitida qilinadigan mashqlar dasturi va sogʻlom ovqatlanish menyusini ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.

    Mahallasida bu borada yaxshi natija koʻrsatgan tibbiyot brigadalari ragʻbatlantirilishi belgilandi.

    509 ta maktab, Ona va bola markazi, bolalar kardioxirurgiya boʻlimi va 44 ta oilaviy shifokorlik punktini jihozlash va taʼmirlash choralari koʻrilishi taʼkidlandi.

    Shuningdek, viloyatdagi 1,6 million yoshlar bilan alohida shugʻullanish, har bir xonadon, mahalla va taʼlim dargohiga barqaror ijtimoiy kayfiyat, kelajakka ishonch, kasb, til egallash, eng muhimi, mehnat orqali yaxshi hayotga intilish muhiti kirib borishi kerakligi taʼkidlandi.