Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 14 nafar imom domla oʻzaro bellashdi.
Nufuzli musobaqa ishtirokchilari Qurʼoni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob berdi.
Tanlov natijalariga koʻra, quyidagi ishtirokchilar sovrinli oʻrinlarga munosib deb topildi:
- 1-oʻrin – Namangan viloyati “Homiddin qori” jome masjidi imom-xatibi Muhammad Bobir domla Nasriddinovga I darajali diplom va Haj safari yoʻllanmasi;
- 2-oʻrin – Toshkent shahridagi “Firdavs” jome masjidi imom-xatibi Baxtiyor domla Sattorovga II darajali diplom va 16 mln. soʻm pul mukofoti;
- 3-oʻrin – Toshkent viloyati “Chanoq” jome masjidi imom-xatibi Yoqub domla Buxarbayevga III darajali diplom va 13 mln. soʻm pul mukofoti topshirildi.
Shuningdek, tanlovning “Yilning eng fidoiy imomi« Qoraqalpogʻiston Respublikasi «Mulla Isʼhoq” jome masjidi imom-xatibi Altinbek domla Zinullayev va Xorazm viloyati “Mirhoshim bobo” jome masjidi imom-xatibi Ollabergan domla Gʻoyipovga nasib etdi.
Musobaqa yakunida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari “Yil imomi – 2024” sohibiga Haj yoʻllanmasini topshirish asnosida ezgu tilak va xayrli duolarni bildirdi.
Tanlovning barcha ishtirokchilariga qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.
Alloh taolo gʻoliblarga mukofotlarni muborak aylab, barcha ishtirokchilarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar ato etsin.