Qurilmada taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun barcha moddiy-texnik resurslar va extiyot qismlar tayyor holatga keltirilgan. Qurilmani sifatli taʼmirlash natijasida uning toʻxtovsiz barqaror, ishonchli ishlashini va belgilangan reja koʻrsatkichlarining oʻz vaqtida bajarilishiga erishiladi.
Qurilma taʼmirlash uchun toʻxtatilgan davrda Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi gazni qayta ishlash qurilmalarining ish rejimlari optimallashtiriladi. Natijasida qayta ishlash jarayoniga uzatilayotgan umumiy gaz xajmi kunlik 3,0 mln kub metrga qisqartirilishining oldi olinmoqda.
Ayni paytda “Oʻzbekneftgaz” AJ va zavod mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan qurilmani rejali taʼmirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Maʼlumot uchun: Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani hududida joylashgan boʻlib, 1971-yilda ishga tushirilgan. 4-sexning Gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash 14-sonli qurilmasi 1985-yil ishga tushirilgan boʻlib, u yiliga 1,5 mlrd kub metr gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash quvvatiga ega.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati