Quyidagilarga yoshi va sog'lig'ining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi:
— o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarga — o'ttiz kalendar kun;
— I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarga — o'ttiz kalendar kun.
Shuningdek, Mehnat kodeksiga ko'ra, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi yigirma yetti kalendar kun bo'lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi, bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.