Mazkur holat toʻliq nazoratga olingan va hozirda barcha voqea ishtirokchilari jalb etilgan holda tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Toshkent viloyati IIBB.
Qisqacha tafsilotlarga koʻra, joriy yilning 4-yanvar kuni fuqarolar (X.Sh. 1982-y.t.) va (Sh.M. 2003-y.t.) Toshkent shahar, M.Ulugʻbek tumani hududida, oʻzlariga tegishli transport vositalarida harakatlanish vaqtida oʻzaro yoʻl talashib janjallashganlar.
Oradan 2 kun oʻtib, joriy yil 6-yanvar kuni ular telefon orqali gaplashib, oʻzaro kelishib olish uchun (Sh.M. 2003-y.t.)ning yashash manzili Qibray tumani, “Soxibkor” MFY hududida uchrashganlar.
Murosa suhbatiga shu yerda yashovchi (Sh.M.)ning qarindoshlari kelib qoʻshilishi natijasida uchrashuv janjalga aylangan.
Internetda tarqalgan videoda, ularni ajratayotgan qoʻshnilar ham koʻringani sababli voqea “ommaviy mushtlashuv” kabi taassurot uygʻotadi.
Hozirda janjalni keltirib chiqargan va ishtirok etgan 5 kishi holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishiga jalb etilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jarayon Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olingan. Qonun ustuvorligi toʻliq taʼminlanib, tergov organlarining yakuni xulosasi bilan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.