Jarayon davomida talabalar klinika professorlari Hvang Chanha va Tayehyun Kimning hayotiy tajribalarga asoslangan, chuqur izoh va samarali natijalar bilan toʻldirilgan taqdimotlari bilan tanishdi.
Professorlar maʼruza qilish bilan birga talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi. Oʻz navbatida, ular bilan uchrashuv oʻzbekistonlik talabalar uchun nihoyat qimmatli va alohida ahamiyatga ega boʻldi. Chunki har ikki professor sohasini chuqur biladigan mutaxassislar sifatida tibbiyot olamida oʻziga xos nufuzga ega.