Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda fuqaro F.G. “R.n.” MCHJning avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasining katta operatori vazifasida ishlab kelib, tadbirkorning 231 mln soʻmlik dizel va benzin yoqilgʻisini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.