Bu haqda NASAning Yerga yaqin obyektlarni o'rganish markazi saytida ma'lum qilindi.
349507 (2008 QY) asteroidi 3-oktabr kuni Moskva vaqti bilan 23:39 da Yerga eng yaqin masofada yaqinlashadi. Osmon jismi va Yer orasidagi minimal masofa 0,042 astronomik birlik yoki deyarli 6,3 million kilometrni tashkil etadi. Yer orbitasini 7,5 million kilometrdan kamroq masofada kesib o'tuvchi astronomik obyektlar potensial xavfli hisoblanadi.
Olimlarning fikriga ko'ra, asteroidning diametri 520 dan 1200 metrgacha yetishi mumkin. Obyektning tezligi soniyasiga 20,96 kilometrni tashkil etadi.
Astronomlar 349507 (2008 QY) asteroidini birinchi marta 1989-yil 30-sentabrda payqashgan. Obyekt 33,5 yil davomida “yo'qolib ketdi” va keyingi safar olimlar uni 2023-yil 13-fevralda kuzatishgan.
Asteroid Yer orbitasini kesib o'tuvchi fazoviy jismlardandir. Biroq bu mazkur obyekt sayyora bilan to'qnashib ketishi mumkinligini anglatmaydi, deb xabar beradi ria.ru.