Astronomy and Astrophysics jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha, yulduzning atrofida chiqib turgan qobiqning borligi uning “o'limi” yaqinlashayotganini ko'rsatadi.
Kuzatuv texnologiyasidagi yutuqlarga qaramay, shu kungacha astronomlar bizning Somon yo'li galaktikasi ichidagi yulduzlarning atigi yigirmadan ortiq to'g'ridan-to'g'ri, batafsil tasvirlarini olishga muvaffaq bo'lishgan. Galaktikadan tashqarida joylashgan yulduzlarning yuqori aniqlikdagi tasvirlarini olish qiyin vazifa bo'lib qolavergan.
Chilidagi Andres Bello universitetidan Keiti Onaki boshchiligidagi olimlar jamoasi birinchi marta buni uddalashdi.
Tadqiqot obyekti astronomlarga uzoq vaqtdan beri ma'lum bo'lgan WOH G64 yulduzi edi. U qizil supergigantlar sinfiga kiradi va Quyoshdan taxminan 2000 marta katta. Yulduz qo'shni Katta Magellanovo Buluti galaktikasida joylashgan bo'lib, u taxminan 160 ming yorug'lik yili masofasida joylashgan, deb xabar beradi rtvi.com.