Yer ustidan kometa uchib o'tadi

    2024-yilning aprel oyida Yer aholisi 12P/Ponsa-Bruksa kometasini ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi.

    Mazkur osmon jismini 1812-yil 12-iyulda fransuz astronomi Jan-Lui Pons Marsel rasadxonasida kashf etgan. Olim uni dumsiz, zo'rg'a ko'rinadigan kichik tumanlik deb ta'riflagan. 1883-yilda kometa amerikalik astronom Uilyam Bruks tomonidan qayta kashf qilingan, shuning uchun u Ponsa-Bruksa deb nomlandi.

    Kometaning Quyosh atrofida aylanishi taxminan 70 yilni tashkil etadi va oxirgi marta uni 1954-yilda ko'rish imkoniyati yuzaga kelgan.

    21-aprel kuni kometa Quyoshga eng yaqin masofada yaqinlashadi va undan 116,8 million kilometr uzoqlikda bo'ladi.

    Astronomlarning fikricha, 12R/Ponsa-Bruksa shu yilning iyun oyida Yerga eng yaqin masofada yaqinlashadi. 2-iyun kuni kometa Yer yonidan 232 million kilometr masofada uchib o'tadi, deb xabar beradi aif.ru.