Astronom, Moskva Planetariysi uslubiy yordam bo'limi rahbari Lyudmila Koshmanning so'zlariga ko'ra, shu kuni Venera, Yupiter, Merkuriy va Uran yonma-yon keladi, ammo quyoshga yaqin masofada bo'ladi, shuning uchun sayyoralar kichik paradi odamlarga ko'rinmaydi. Bunday hodisa har 20 yilda sodir bo'ladi. Agar beshta sayyora ishtirok etsa, u katta parad hisoblanadi – bu esa kamdan-kam hollarda yuz beradi.
“Agar biz sayyoralarning yaqinligidan emas, balki ularning bir xil to'g'ri chiziqdagi joylashuvidan kelib chiqadigan bo'lsak, unda bunday hodisa million yillarda bir marta sodir bo'lishi mumkin”, dedi astronom.
Shuningdek, Quyoshning bir tomonida Mars, Neptun va Saturn joy oladi. Iyun oyining boshida ularga Oy qo'shiladi – 3-iyunda u Marsga yaqin keladi.
Avvalroq astronomlar Quyosh tizimidan tashqarida topilgan g'aroyib ekzosayyoralarning birinchi katalogini tuzib, 126 ta obyektni kiritgan edi. Olimlar, shuningdek, sayyoralarning Quyosh faolligiga ta'sirini ham aniqladilar.
Zulxumor Akbarova