Chempionatda qitʼamizning 12 davlatidan 100 nafardan ziyod iqtidorli polvonlar gʻoliblik uchun bellashdi.
Musobaqada ishtirok etgan hamyurtlarimizdan 13 nafari shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi. Shuningdek, Osiyo chempionatida yana bitta kumush hamda 4 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan yosh kurashchilarimiz umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, Osiyo chempionati gʻoliblari bugun, 9-sentyabr kuni kunning ikkinchi yarmida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinadi.