Yosh taekvondochilarimiz “Kostanay Open” turnirida umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi

    Sport 28 Aprel 2023 1257

    Qozogʻistonda taekvondo WT boʻyicha “Kostanay Open” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi.

    Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston va Qirgʻizistondan tashrif buyurgan 900 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

    Quvonarlisi, musobaqa yakunida oʻzbekistonlik taekvondochilar umum jamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi!

    1. Oʻzbekiston

    2. Qozogʻiston

    3. Rossiya

    4. Qirgʻiziston

    5. Tojikiston

    Musobaqada yosh sportchilarimiz oʻz toifalarida quyidagi medallarga sazovor boʻlishdi:

    Kadetlar: 13 ta oltin, 7 ta kumush

    Oʻsmirlar: 8 ta oltin, 7 ta kumush, 6 ta bronza