“Yoshlar ijod saroyi” binosi Savdo-sanoat palatasiga beriladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

    Unda palata faoliyatini yanada jonlantirish borasida bir qator vazifalar belgilanmoqda.

    Jumladan, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Mustaqillik shox koʻchasi 2-uy manzilida joylashgan “Yoshlar ijod saroyi” binosi Palata balansiga oʻtkazib berish nazarda tutilmoqda. Mazkur binoda Palata tomonidan mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subʻyektlari ishtirokida biznes-forumlar, koʻrgazmalar, ochiq-muloqotlar, uchrashuvlar oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

    Farmon loyihasi bilan quyidagi link orqali kirib tanishishingiz mumkin.