SHu o'rinda, yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslari, startap-loyihalari va amaliy tadqiqotlari natijalarini ro'yobga chiqarilishiga ko'maklashish, yosh tadbirkorlik sub'ektlarining sanoat va xizmat ko'rsatish sohalaridagi loyihalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “YOshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 maydagi 294-son “YOshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda YOsh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi to'g'risida nizomlarni tasdiqlash to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.
SHu ma'noda tabiiy bir savol tug'iladi: “YOshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari” qanday hudud va u nima uchun mo'ljallangan?
O'z navbatida, “YOshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari” – tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar bandligini, eng avvalo
“YOshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning bandligini ta'minlash va yosh tadbirkorlik sub'ektlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini qo'llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan maxsus hudud hisoblanadi.
Qayd etish lozimki, yoshlar sanoat zonalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun YOshlar sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish maydonlari taqdim etish orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish;
- yoshlarga ularning sanoat va xizmat ko'rsatish yo'nalishidagi loyihalari, tashabbuslari va g'oyalari amalga oshirilishida ko'maklashish
va qulay shart-sharoitlar yaratish; - “startaplar” tashkil etish maqsadida biznes-inkubator vazifalarini amalga oshirish, yosh tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini barqaror rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish;
- yoshlarga o'z innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish va natijalarini tijoratlashtirish, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini o'rnatish borasida amaliy yordam ko'rsatish;
- band bo'lmagan, shu jumladan “YOshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta'minlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish.
SHu o'rinda yana bir jihatga alohida to'xtash lozimki, yoshlar sanoat zonalari faqat muhandislik-texnik kommunikatsiyalari mavjud bo'lgan yoki o'tkazish oson bo'lgan, faoliyat ko'rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari
va qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan
er maydonlarida tashkil etiladi. YOshlar sanoat zonalariga joylashtirish uchun investitsiya loyihalari tuman (shahar) hokimlari rahbarligida tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan tanlab olinadi.
SHuningdek, ishchi guruhlarning bayonnomasiga asosan YOshlar sanoat zonalari hududida maydoni 1000 m2 gacha bo'lgan er uchastkalari istisno tariqasida, elektron auktsion savdosi o'tkazmasdan, shahar (tuman) hokimlarining qarori bilan ajratiladi.
Bilib qo'ygan yahshi: yosh tadbirkorlik sub'ekti tomonidan investitsiya loyihasi YOshlar sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oy davomida loyihani amalga oshirish bo'yicha choralar ko'rilmasligi, shuningdek, ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) er maydonlaridan ularga doir uzoq muddatli ijara shartnomada ko'rsatilgan maqsaddan tashqari foydalanilishi ajratilgan er maydoni yoki ishlab chiqarish maydonlarini qaytarib olish uchun asos bo'ladi.
Bundan tashqari, yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo'llab quvvatlash maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida
YOsh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etilib, quyidagilar Jamg'arma mablag'laridan foydalanishning asosiy yo'nalishlari hisoblanadi:
- tashqi bozorlarda talab katta bo'lgan va importning o'rnini bosuvchi, yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda xizmatlar ko'rsatish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish;
- meva-sabzavot va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to'qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallari, hunarmandchilik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish va boshqa yo'nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
- mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o'rnatish hamda yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish.
Darhaqiqat, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 maydagi 294-son “YOshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda YOsh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi to'g'risida nizomlarni tasdiqlash to'g'risida”gi qarori ham bugungi kunda yoshlarga bo'lgan e'tibor va rag'bat, imkoniyat va imtiyozlar berish bilan bir qatorda ularning bilimi, iqtidori, salohiyati, tashabbus va g'oyalarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirish yo'lidagi yana bir muhim hujjat bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.
A. Axmedov,
Adliya vazirligi mas'ul xodimi