“Yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo'yildi.
Hujjatga ko'ra, ommaviy tadbirga hayvonlar bilan kelish taqiqlanadi.
Yovvoyi hayvonlarni umumiy mulk hisoblangan ko'p kvartirali uylar zinapoya maydonchalari, cherdaklari, yerto'lalari, dahlizlari, shuningdek, umumiy ovqatlanish va savdo joylarida saqlash taqiqlanadi.
Yovvoyi hayvonlar egalari zimmasiga hayvonlarning notinchlik keltirib chiqarmaydigan va atrofdagilarga xavf tug'dirmaydigan xatti-harakatini ta'minlash, fuqarolarning hayoti, sog'lig'i va mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish majburiyati yuklatiladi.
2022-yil 1-iyuldan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan ro'yxatga muvofiq yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni saqlash hamda foydalanish taqiqlanadi.